20:00 / 11.11.2018
69965

Foto: Putin va Tramp uchrashdi

Foto AP/TASS

11 noyabr kuni Parijdagi Triumfal arkda Birinchi jahon urushi yakunlanganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan xotira marosimi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari Donald Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishdi. 

Rossiya prezidenti tadbirga oxirgi bo‘lib kelgan va sahnada turgan siyosatchilar bilan ko‘rishib chiqqan.

Foto: Reuters

Marosimdan keyin Yelisey saroyida uyushtirilgan choshgohlik vaqtida esa Rossiya va AQSh prezidentlari bitta stol atrofida, bir-biriga qarshi o‘tirishgan.

Foto: epa/vostock-photo

Choshgohdan keyin esa siyosatchilar Tinchlik forumiga yo‘l olishgan. Forumga Tramp bormagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Tramp va Putin Parijda uchrashuv o‘tkazishi belgilangandi. Ammo Fransiya tomoni ushbu uchrashuv atrofida yuzaga keladigan ajiotaj xotira marosimlari va forumni e'tibordan chetda qoldirishidan xavotir olib, uchrashuvni qoldirishni so‘ragandi.

Top