22:47 / 11.11.2018
4917

Parijda tinchlik forumi ochildi

11 noyabrda Parijda Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligiga atalib tinchlik forumi ochildi. 

Forum o‘tkazilishiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashabbus bildirgan va u  zamonaviy dunyoda keskinlik oshayotganiga javob bo‘lishga chorlangan. Davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari, xalqaro tashkilotlar vakillari Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligiga bag‘ishlangan Triumfal arkadagi tantanali marosim va Yelisey saroyidagi lanchdan keyin forumda ishtirok etishga kelishgan. Forumni Makron ochib bergan, u o‘z nutqida bunday tadbirning muhimligini ta'kidlab o‘tgan va uning o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildirgan. 

“Biz yashayotgan dunyo jamiyatlarimizga putur yetkazayotgan inqirozlardan zaiflashgan. Shu sababli har yili o‘tadigan Parij tinchlik forumini tashkil etishga qaror qildik. Bu yerga kelganlarga minnatdorlik bildirmoqchiman”, deb aytgan Fransiya prezidenti. 

Shuningdek, ochilish marosimida BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh va Germaniya kansleri Angela Merkel ham nutq so‘zlagan.   
Forum ishi 3 kun – 13 noyabrgacha davom etadi. Forumning vazifasi global tartibga solishni yaxshilash hisobiga tinchlikni mustahkamlash va xalqaro keskinlikni kamaytirishga yordam beruvchi omillarga ko‘mak berishdan iborat. Forumni har yili o‘tkazish taklif qilingan.

Mavzuga oid
Top