20:28 / 17.11.2018
13623

Dubai Cup - 2018. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAni mag‘lub etdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi Dubai Cup – 2018 musobaqasida ishtirok etmoqda. 

Foto: Uzbekistan FA

14 noyabr kuni hamyurtlarimiz Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishgandi.
 
Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston olimpiyachilari BAAga qarshi o‘yin o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. So‘nggi tur 20 noyabr kuni o‘tkaziladi, unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Kuvaytga qarshi maydonga tushadi.

Foto: Uzbekistan FA

Dubai Cup – 2018
17 noyabr
BAA U23 - O‘zbekiston U23 0:2
Gollar:
 S.Qodirqulov (75), I.Qobilov (80, pen.)
BAA: Muhammad Ali Shokir, Abdulla Jassim Ali, Ali Solih Ali Amro, Abdullo Baxi, Issa Muhammad, Xalfar Hasan, Abdulrahmon Al Amriy, Xolid Muhammad, Majid Rashid, Ahmad Amr, Xolid Abdulla Muborak.
O‘zbekiston: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Azizbek Omonov (Farrux Ikromov, 70), Davron Umirov (Oston Urunov, 46), Islom Kenjaboyev (Sanjar Qodirqulov, 70), Islom Rashidxonov (Nurullo To‘xtasinov, 60), Mirjahon Mirahmadov (Oybek Rustamov, 88), Sherzod Nasrullayev (Dilshod Saidov, 88), Sharof Muhiddinov (Abrorbek Ismoilov, 60).

Top