14:20 / 17.11.2018
19113

Orenburgda 43 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Kuni kecha Oktyabrskiy tumani bo‘yicha politsiya navbatchi qismiga «Ufa-Orenburg» yo‘lining 299-km.dagi avtobus haqida xabar kelib tushdi, u yo‘lning bir qismini to‘sib qo‘ygan, deb yozmoqda «ProOren» nashri.

Voqea joyiga kelgan inspektorlarning aniqlashicha, «Neoplan» avtobusi buzilib qolgani tufayli majburan to‘xtagan. U Ufadan O‘zbekistonning 43 nafar fuqarosi bilan kelayotgan edi, deb xabar berishgan oblast IIBdan. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari ushbu hodisa haqida FVV va mahalliy ma'muriyatga xabar berishdi. Voqea sodir bo‘lgan joyga avtochilangar yuborildi, u kamchilikni bartaraf etgan.

«Yo‘lovchilarga Oktyabrskiyga borib, isinib olish taklif etildi, ammo ular ko‘nishmadi. Avtobus isitilgan va ularning hayotiga hech qanday xavf bo‘lmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chet ellik fuqarolar hujjatlarini tekshirishdi, biroq migratsiya qonunchiligining buzilishi aniqlanmadi», - deyiladi nashr xabarida.

Transport vositasi tuzatilganidan keyin yo‘lovchilar O‘zbekistonga yo‘l olishdi.

Mavzuga oid
Top