08:03 / 19.11.2018
7847

Apple rahbari iPhone’dan kamroq foydalana boshlaganini tan oldi

Foto: Getty Images

Apple rahbari Tim Kukning ma'lum qilishicha, o‘zining iPhone smartfonidan kamroq foydalana boshladi. Bu haqda Axios xabar qilmoqda.

«Menda bu telefondan foydalanish holatlari tobora kamayib bormoqda», - dedi Kuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, keraksiz xabarnomalardan ham voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tsukerberg Apple rahbari bilan urishib qolgani, Facebook xodimlariga ayfonlardan foydalanish taqiqlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top