14:19 / 19.11.2018
13151

Forishda noma'lum shaxslar cho‘ponni kaltaklab, 215 bosh qo‘yini olib ketishdi

Shu yil 15 noyabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida fuqaro M.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U joriy yilning 14 noyabr kuni 3 nafar noma'lum shaxs uni Forish tumani Arnasoy QFY hududida 1 300 bosh qo‘ylarni boqib yurganida tayoq bilan urib, 215 bosh qo‘yini haydab ketganini bildirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni fuqarolar D.A., M.T. va T.Sh. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top