12:30 / 21.11.2018
31279

Qasam-chellenj. Fleshmobni kattaqo‘rg‘onlik shifokorlar davom ettirishdi

20 noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining 150 nafar shifokori va 150 nafar hamshirasi tuman mutasaddilari, keng jamoatchilik oldida qasamyod qabul qildi. Bu haqda «Zarnews.uz» sayti xabar bermoqda.

Marosimda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sobir Mingboyev ham ishtirok etgan.

«Tumanimizdagi shifokor va hamshiralar inson salomatligini asrashga, bu yo‘lda bor bilimlarini ayamaslikka qasamyod qilishdi. Bu ularning mas'uliyatini, fidoyiligini oshirishga xizmat qiladi. O‘ylaymanki, har bir tibbiyot xodimi ushbu qasamyodiga sodiq qoladi», - degan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olim Xo‘jamberdiyev.

Bundan avvalroq sirdaryolik fermerlar ortidan sirdaryolik shifokorlar ham qasamyod qilishgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, tibbiyotda shu vaqtgacha bitta qasamyod mavjud edi. Antik davr ilm-fani darg‘alaridan biri, yunonistonlik shifokor Gippokrat nomi bilan ataladigan qasamyod ming yillardan beri butun dunyoda shifokorlar o‘z kasbiga kirishishdan oldin ichadigan qasam hisoblanib kelgan. Hozirda ham bu qasamyod o‘z ta'sir kuchiga ega bo‘lib, mutaxassis u yoki bu sabab tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortsa, bemorlar uning majburiyatlarini aynan shu ont orqali eslatishga urinadilar. Agar shifokor xatoga yo‘l qo‘ysa, majburiyatlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashsa, uni Gippokrat qasamyodiga zid ravishda ish tutganlikda ayblashadi.

Top