12:36 / 22.11.2018
3851

MDH inson huquqlari bo‘yicha davlatlararo rezolyutsiyaning siyosiylashtirilmasligi tarafdori

Sergey Lebedev

Jahonda davlatlararo rezolyutsiyalarning siyosiylashtirilayotgani, shuningdek, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatining boshqa yo‘nalishlariga putur yetkazadigan tarzda inson huquqlari mavzusiga o‘zini oqlamaydigan tarzda ustunlik berilayotgani kuzatilmoqda. Samarqandda o‘tayotgan inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida MDH ijroiya direktori Sergey Lebedev shunday bayonot bilan chiqdi.

«Inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatlar bo‘yicha siyosiylashtirilgan davlatlararo rezolyutsiyalarning ilgari surish amaliyoti, ayrim fuqarolardan himoya qiladigan alohida rejim yaratish, bir qator huquqni himoya qiluvchi institutlarning faoliyatining boshqa yo‘nalishlari zarariga inson huquqi masalasiga o‘zini oqlamaydigan tarzda ustuvorlik berish diqqatga sazovor», — dedi Lebedev.

Uning eslatishicha, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlari «hech qanday umumbashariy siljishlar inson huquqlari va erkinliklari himoyachini ta'minlash bo‘yicha yondashuvni o‘zgartirish uchun oqlov bo‘la olmasligi»ni qayd etishgan.

«Bayonot ikki xil standartlar amaliyotidan voz kechishga chaqiradi, hujjat o‘z nuqtai nazari va qadriyatlarini singdirishdan qochishga chaqiradi», — dedi Lebedev.

Hamdo‘stlik mamlakatlari rahbarlari huquqlarning ma'lum bir toifasini rag‘batlantirish davlatni boshqa huquqlarni rag‘batlantirishdan xalos bo‘lishi uchun sabab bo‘lib xizmat qilmasligi kerak, deb hisoblashadi, dedi u.

Top