12:16 / 26.11.2018
49072

Ukraina armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi

Foto: REUTERS

Bosh shtab boshlig‘ining qarori bilan Ukraina qurolli kuchlari to‘liq jangovar shay holatga keltirildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilindi.

«Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining (MXMK) harbiy holat huquqiy rejimini joriy etish to‘g‘risidagi qaroriga asosan, Bosh shtab boshlig‘i - Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Ukraina qurolli kuchlari tarkibiy qismlari hamda bo‘linmalarini to‘liq jangovar shay holatga keltirish haqida buyruq berdi», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Ukraina Xavfsizlik xizmati ham to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga talab qo‘ygandi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan go‘yoki ushbu davlat chegarasini buzgani uchun qo‘lga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalaridagi dengizchilarni qaytarishni talab qildi. 

Top