22:00 / 29.11.2018
29695

Tramp Putin bilan uchrashuvni bekor qildi. Sabab Kerchdagi voqea

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Argentinada G20 sammiti doirasida o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvini bekor qildi. U bu haqda o‘z tvitterida yozgan.

«Kemalar va dengizchilar Rossiyadan Ukrainaga qaytarilmagach, men Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Argentinada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvimni bekor qilgan yaxshi degan qarorga keldim», deb yozgan Tramp.

Qayd etish kerakki, u bu tvitidan bir soat oldinroq Putin bilan uchrashuv o‘tkazishning ayni vaqti ekani haqida yozgandi.

AQSh va Rossiya rahbarlari uchrashuvi 1 dekabr kuni Buenos-Ayresda o‘tkazilishi kerak edi. Bu uchrashuvga kelishilganini bugun Oq uy ham, Kreml ham tasdiqlagandi. Rejaga ko‘ra prezidentlar uchrashuvi ikki soatga yaqin vaqt davom etishi kutilayotgandi.

25 noyabr kuni rossiyalik chegarachilar Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalariga qurolli hujum uyushtirdi. Ruslar ukrainlar kemasi Rossiya suvlariga noqonuniy ravishda kirganini iddao etishgandi. Ayni vaqtda dengizchilar qamoqqa olingan, ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Top