12:35 / 30.11.2018
49638

Xayriya: 20 dekabrda operatsiya. Donor buyrak bor, mablag‘ tanqis

Shu yilning 18 oktabr kuni Kun.uz saytida «Xayriya: Ikki buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan Muxlisaga donor bor, mablag‘ yo‘q» nomli maqola e'lon qilingan va xayriya aksiyasi o‘tkazilgan edi. Unda 1995 yilda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida dunyoga kelgan hamyurtimiz, bir farzandning onasi Muxlisaning ikki buyragi qurib qolgani, gemodializ orqali qoni tozalanib, kun kechirayotgani, buyragini almashtirishga donor bo‘lsa-da, moddiy imkoniyat yo‘qligi bois, jarrohlik amaliyoti o‘tkazish muammo bo‘lib kelayotgani aytilgan edi. 

Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish

Kun.uz muxbiri Muxlisaning turmush o‘rtog‘i Rustambek bilan bog‘landi. U 11 mln so‘m atrofida mablag‘ yig‘ilgani, biroq bu buyrakni ko‘chirib o‘tkazish uchun 20 dekabrga belgilangan jarrohlik amaliyoti uchun yetmasligini bildirdi. Uning aytishicha, 20 dekabrda Muxlisaning amakisi Respublika ko‘krak jarrohligi klinikasida o‘tkaziladigan operatsiyada o‘zining bitta buyragini beradi. Biroq, buning uchun 50-60 mln so‘m atrofida mablag‘ talab etiladi. 

Aziz va ixlosli, saxovatpesha vatandoshlar! Sizlarning ozmi-ko‘pmi qilgan ehsonlaringiz ko‘magida ko‘plab xasta, dardmand yurtdoshlarimiz dardlaridan forig‘ bo‘lishdi. Shular qatorida yana bir hamyurtimiz umid bilan siz-u bizdan ko‘mak kutmoqda. Kelinglar, uning sog‘ayishida barchamiz imkon darajasida yordam beraylik. Oxiratga zaxira qilish bilan birga, bir oilaning shodu-xurramligiga sherik bo‘laylik!

Muxlisa Rahmatova  +99894 293-22-45 (Rustambek turmush o‘rtog‘i)

PAYME, CLICK Agrobank ATB Qamashi filiali

Bank kartochka raqami: 8600 0424 2510 5516 (Xudaynazarova Jarkin, buvisi)

MFO: 00160

INN: 200680344

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 7000 0016 0001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 3000 0016 0500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 1000 0016 0001

Tolib Rahmatov tayyorladi

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top