11:30 / 30.11.2018
12599

«O‘zbektelekom»: tezlik masalasi muayyan provayderning texnik imkoniyatlariga bog‘liq

Foto: KUN.UZ

30 noyabr kuni «O‘zekspomarkaz»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «O‘zbektelekom» AK tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘i bo‘yicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi» hisobot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilishicha, «O‘zbektelekom» AK faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri mamlakat operatorlari va provayderlari bilan samarali hamkorlik qilishdir. 

Bildirilishicha, 2018 yilning dekabr oyida operatorlar va provayderlar uchun 1 Mbit/s. narxi 85 000 so‘mni tashkil etadi. 

O‘tkazish qobiliyatini 10 barobar kengaytirish natijasida, «O‘zbektelekom» AK operator va provayderlarning barcha arizalarini to‘la hajmda cheklovlarsiz qondira oladi. Har bir operator va provayderlar o‘z xizmatlari uchun narxlarni o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydi. 

Kompaniya xabarida aytilishicha, tezlik masalasi muayyan provayder yoki operator tarmog‘ining texnologiyalari va texnik imkoniyatlariga bog‘liq. 

Mavzuga oid
Top