20:30 / 05.12.2018
27901

Moliya vazirligi 2019 yil Davlat byudjyeti loyihasidagi xarajatlar taqsimotini taqdim etdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Buyuk Britaniya elchixonasi bilan hamkorlikda 2019 yil uchun Davlat byudjyeti loyihasi taqdimotini namoyish qildi. Hukumat tomonidan Oliy Majlisga taqdim etilgan 2019 yilgi Davlat byudjyeti loyihasi parametrlari yalpi ichki mahsulot hajmining 5,4 foizga o‘sishi, inflyatsiya 15,5 foiz bo‘lishi hisobidan kelib chiqib prognozlashtirilgan. Unga ko‘ra, 2019 yil Davlat byudjyeti daromadlari 102,6 trln. so‘mni (2018 yil kutilayotgan ijroga nisbatan o‘sish 37,8 foiz), xarajatlari esa 107,1 trln. so‘mni (2018 yil kutilayotgan ijroga nisbatan o‘sish 36,4 foiz) tashkil etadi. Taqchillik esa 4,5 trillion so‘m miqdorida bo‘ladi.

Davlat byudjyeti loyihasida ko‘rsatilishicha, xarajatlarning 54 foizi ijtimoiy sohaga, 26,5 foizi ta'limga, 13,1 foizi iqtisodiyot va 11,3 foizi sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltiriladi. Davlat byudjyeti loyihasida prognozlanayotgan xarajatlarning eng katta qismi – 54 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi. Quyidagi infografikada ijtimoiy sohaga sarflanadigan mablag‘larning tarkibiy taqsimlanishi haqida to‘liq ma'lumot keltirilgan.

Infografika: Moliya vazirligi

Davlat byudjyeti loyihasida prognozlangan xarajatlarning 26,5 foiz qismi ta'lim sohasiga ajratilishi ko‘rsatilgan.

Infografika: Moliya vazirligi

2019 yil Davlat byudjyeti uchun prognozlangan xarajatlarning to‘liq taqsimoti quyidagicha ko‘rinish olgan:

Infografika: Moliya vazirligi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisini joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Senat yalpi majlisi muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlari hamda soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritilmoqda. Ma'lumot o‘rnida shuni ta'kidlash joizki, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan «Ochiq byudjyet» axborot portalidan fuqarolar 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Davlat byudjyeti to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top