20:37 / 06.12.2018
4557

Allegri: «Inter»ga qarshi o‘yin – oddiy bahs, Chempionlar Ligasi muhimroq»

«Yuventus» bosh murabbiyi Masimiliano Allegri A Seriyadan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi o‘yindan oldin, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ertaga Italiya derbisi bo‘lib o‘tadi. Bu biz uchun sinovdir, jamoalarning qaysi o‘rinda borayotgani muhim emas. «Inter» va «Napoli» – skudetto yo‘lidagi asosiy raqiblarimiz.

«Inter» juda tezkor jamoa, uning tarkibida betakror hujumchi Mauro Ikardi bor. Biroq, «Inter»ga qarshi o‘yin – shunchaki oddiy bahsdir. Chempionlar Ligasidagi o‘yin bundan ham muhimroq, chunki biz 1-o‘rin uchun kurashmoqdamiz», – dedi Allegri.

Top