00:06 / 06.12.2018
3804

“Formula-1”ning Ozarboyjondagi gran-prisi yilning eng yaxshi musobaqasi deb e'tirof etildi 

Dunyoning The Times va The Guardian nashrlari kabi yetakchi ommaviy axborot vositalari “Formula-1”ning Bokuda o‘tgan bosqichini “2018 yilning eng yaxshi musobaqasi” deb e'tirof etishdi. 

Ozarboyjon gran-prisi tomoshabinlar soni bo‘yicha ko‘plab musobaqalarni ortda qoldirgan. “Formula-1”ning bu bosqichini dunyoda 83 mln kishi tomosha qilgan.

Poygani tashkillashtiruvchi kompaniya Formula One Management statistik ma'lumotlariga ko‘ra, tomoshabinlarning 76 foizi Bokudagi poygalardan zavq olishgan. Bu esa mavsumdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (70 foiz) yuqori bo‘lgan. Boku trassasi esa eng yaxshi trassalar reytingida 5-o‘rinni egallagan. 

Taniqli nashrlar o‘z maqolalarida poyga vaqtida Red Bull jamoasining ikki poygachisi to‘qnashib ketgani, hal qiluvchi davrada bolidlar g‘ildiraklari almashtirilgani, buning oqibatida esa Valtteri Bottas g‘alabani qo‘ldan chiqargani va boshqa hayajonli onlarni qayd qilib o‘tishgan.

Mavzuga oid
Top