14:18 / 06.12.2018
6654

Xitoy AQSh bilan savdo bitimi qachon imzolanishini ma'lum qildi

Foto: AP

Xitoy Tijorat vazirligi vakili Gao Fenning ishonch bildirishicha, kelgusi 90 kun ichida Qo‘shma Shtatlar bilan savdo bitimiga erishiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar savdo masalalari bo‘yicha muhim kelishuvga erishib bo‘ldi.

«Keyingi 90 kun ichida Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z oldiga barcha qo‘shimcha bojlarni bekor qilish kabi yakuniy maqsadni qo‘ymoqda», - dedi Fen.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Xitoy va AQSh delegatsiyalari muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va AQShning savdo sulhi faqat siyosiy tanaffusni anglatishi xabar berilgandi.

The New York Times gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin o‘rtasida Argentinadagi G20 sammitida erishilgan kelishuv - savdo urushini to‘xtatish va shartnoma tuzishga urinib ko‘rish - aftidan, Tinch okeanining har ikki tomoniga iqtisodiy ziyon paydo bo‘la boshlagach, ikki yetakchiga siyosiy tanaffus taqdim etishga qaratilgan.

Top