13:55 / 06.12.2018
8591

«Mening armiyam – mening faxrim!» ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi boshlandi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Mening armiyam – mening faxrim!» ijodiy ishlar ko‘rik-tanloviga start berildi.

Ijodiy ishlar 2019 yilning 5 yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tegishli ma'lumotlar bilan yuborilishi lozim.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun professional va havaskor yo‘nalishlarda harbiy vatanparvarlik mavzusidagi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishlar qabul qilinadi:

— fotosurat, fotokollaj;

— tasviriy san'at, grafika, miniatyura;

— ko‘rgazmali-targ‘ibot vositalari (plakat, banner, flayyer).

Tanlovga taqdim etilgan va dastlabki saralashdan o‘tgan har bir ish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Tanlov qatnashchilari o‘z asarlarini “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek xiyoboni, 98” manzili bo‘yicha «tanlovga» degan belgi bilan yo‘llashlari mumkin.

Yuborilgan ishlar nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi tartibda baholanadi:

• birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar eng kam oylik ish haqining10 barobari miqdorida pul mukofoti va birinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi;

• ikkinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti va ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi;

• uchinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida pul mukofoti va uchinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 14 yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» arafasida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 269-89-29, (71) 269-89-32.

Top