11:38 / 06.12.2018
10648

Neymar: «Har bir kuchli futbolchi APLda o‘ynab ko‘rishi kerak»

Foto: globallookpress

«Pari Sen-Jyermen»ning braziliyalik hujumchisi Neymar har bir katta futbolchi o‘z kuchini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rishi kerakligi haqida gapirdi.

«Man Siti» himoyachisi Benjamen Mendi braziliyalik futbolchidan Angliya premer-ligasi haqidagi fikrlarini so‘ragan.

«Men qachondir Angliya chempionatida o‘ynashim mumkinmi? Bu katta turnir. Dunyodagi eng zo‘rlaridan biri. Biz ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz, ammo menimcha har bir buyuk futbolchi hech bo‘lmaganda bir marta Angliya Premer-ligasida to‘p surishi kerak.

Men umid qilamanki, sen APL o‘yinlaridan rohat olishda davom etasan, chunki sen eng yaxshi narsalarga munosibsan», — degan Neymar YouTube portalidagi kanali orqali.

Neymar «Pari Sen-Jyermen» safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 12 o‘yinda maydonga tushgan va 11 gol urgan, 6 golga uzatma bergan. 

Top