22:21 / 06.12.2018
11834

«Real» Afrika klubini yengib, Ispaniya Kubogining keyingi bosqichiga chiqdi

Ispaniya Kubogining 1/16 final javob bahslari o‘tkazilmoqda.

«Real» o‘z maydonida «Melilya» klubini qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Asensio va Isko 2tadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlabki o‘yinda madridliklar 4:0 hisobida zafar quchishgan edi.

Melilya shahri Afrika qit'asining O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida joylashgan va Ispaniyaga tegishli bo‘lgan hududdir.

Ispaniya Kubogi
1/16 final, javob bahsi 
«Real» - «Melilya» 6:1
Gollar: Asensio (33, 35), Sanches (39), Isko (47, 83), Vinisius (75) – Kasmi (81 pen) 
Dastlabki o‘yin: 4:0

Top