15:06 / 07.12.2018
8031

Afg‘onistonda toliblar hujumi: 14 nafar harbiy o‘ldirildi

Foto: REUTERS

Afg‘onistonda «Tolibon» radikal harakati jangarilari hujumi oqibatida hukumat armiyasining 14 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolonews telekanali tvitterda xabar qilmoqda.

Hirot viloyati gubernatori vakilining ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa 6 dekabr, payshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Jangarilar 14 nafar harbiy xizmatchini o‘ldirgan, yana 20 nafar harbiy o‘g‘irlab ketildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishga tayyorligini bildirgandi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Oliy tinchlik kengashi (OTK) rasmiy vakili Ixsan Tohiriy so‘zlariga ko‘ra, agar afg‘on xalqi buning tarafdori bo‘lsa, u holda shunday qaror qabul qilinadi.

«Biz ulardan bu haqda so‘radik, ular shunday javob berishdi: «O‘zingiz hal qilinglar». Biz tinchlik muzokaralaridagi har qanday masalani afg‘onlarning o‘zi hal qilishi kerakligini ma'lum qildik. Ular javob qaytarishdi: «Bizda hech qanday muammo yo‘q - afg‘onlar qanday qarorga kelsa, shunday bo‘ladi». Bu Afg‘oniston hamda shunday masalalar bo‘yicha qarorni aynan afg‘onlar qabul qilishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Tohiriy.

Top