14:50 / 07.12.2018
14505

Germaniya Azov dengiziga oid taklif bilan chiqdi

Foto: Antonio Calanni/AP/dpa/AP/dpa

Milanda o‘tkazilgan YeXHT vazirlar yig‘ilishi davomida Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas tashkilotning Ukrainadagi kuzatuvchilar missiyasini Azov dengizigacha kengaytirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Zeit xabar bermoqda.

«Bu oson ish emas, chunki tomonlarning pozitsiyalari hali juda qattiqdir. Mening fikrimcha, bu Ukraina tomoni uchun yaxshi, lekin Rossiya tomoni juda shubha bilan qaramoqda», - deya qayd etib o‘tdi Maas.

Kutilishicha, Germaniya tashqi siyosat idorasi rahbarining taklifi 11 dekabr kuni, Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasidagi uchrashuv davomida muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga harbiy javob bo‘yicha rejalarga aniqlik kiritgandi.

Mavzuga oid
Top