15:13 / 07.12.2018
38235

Navoiyda jinoiy guruhning to‘qqiz nafar a'zosi qo‘lga olindi - IIV

Illyustrativ foto/RIA Novosti

Shu yilning 4 dekabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidagi korxonalardan birining qorovuli V.V. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda shu kuni noma'lum shaxslar korxona hududiga kirib, uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “Samsung” mobil telefonini tortib olib, rangli metallar saqlanadigan omborxona qulfini buzib ochib, metall parchalarini olib ketayotgan vaqtlarida korxona ishchisi S.R. kelib qolishi oqibatida jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay oq rangli davlat raqamlari bo‘lmagan “Ford” rusumli avtomashinada voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Yangiobod mahallasida yashovchi X.A., N.M., U.N., A.I., D.X., A.X., N.N. va Buxoro viloyatida yashovchi O‘.X., M.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Top