14:10 / 08.12.2018
10009

Uaylder va Fyuriga takroriy jang o‘tkazish uchun ruxsat berildi

Foto: AFP/Getty Images

Butunjahon boks kengashi (WBC) rahbariyati amerikalik Deontey Uaylder va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasida super og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun takroriy jang o‘tkazishga ovoz berdi. 

Bokschilar o‘rtasidagi birinchi jang 2018 yil 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi va durang natija bilan yakunlandi.

«Butunjahon boks kengashining boshqaruvchilar kengashi bir ovozdan WBC super og‘ir vazn toifasidagi chempioni Deontey Uaylder va da'vogar Tayson Fyuri o‘rtasida takroriy jang o‘tkazishga qaror qildi. Ular nafaqat dunyoga so‘nggi vaqtlardagi eng yaxshi janglardan birini taqdim etishdi, balki jangdan keyin ham o‘zlarini yaxshi tutishdi. Revanshga ishqibozlar katta qiziqish bildirmoqda», - deya WBC rahbari Maurisio Sulaymonning so‘zlarini keltiradi BoxingScene.

Fyuri va Uaylder qayerda hamda qachon uchrashishi hozircha noma'lum. Har ikki sportchi ham professional ringda mag‘lubiyatga uchramagan. Uaylder 39 g‘alaba, bitta durangga ega bo‘lsa, Fyuri - 27 g‘alaba hamda bir durang.

Mavzuga oid
Top