09:12 / 12.12.2018
9425

Tramp unga impichment e'lon qilish qiyin bo‘lishini aytdi

Foto: AP Photo / Carolyn Kaster

AQSh prezidenti Donald Tramp unga nisbatan impichment jarayoni boshlanishidan tashvishlanmasligini ma'lum qildi. U bu haqda Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Qonunga zid biror ish qilmagan va davlatimiz tarixidagi eng buyuk iqtisodiyotni yarata olgan kishiga impichment e'lon qilish qiyin bo‘ladi. Men bundan tashvishlanmayman. Fikrimcha, bu yuz bersa, odamlar g‘alayon ko‘targan bo‘lardi”, deb aytgan Tramp. 

Avvalroq Tramp unga qarshi impichment e'lon qilinishi iqtisodiyotning inqirozga uchrashi bilan xavf solishi, uning advokati esa bu yuz bersa AQShda g‘alayonlar boshlanishiga ishonchi komilligini aytgandi. Ijtimoiy so‘rovnomalarning natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning deyarli yarmi Trampga impichment e'lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.  

Top