00:15 / 13.12.2018
7587

O‘zbekiston metallurgiyasi jahon ekspertlari diqqat markazida

Olmaliq shahridagi “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti — MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filialida O‘zbekistonda tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonlari samaradorligini oshirish, shuningdek milliy metallurgiya sohasini modernizatsiya qilish va ilm-fanni integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Rossiyaning “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filiali hamda “Olmaliq KMK” AJ, shuningdek, “SFI Management” xalqaro kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Mazkur anjumaning miqyosi va ahamiyati haqida uning ishtirokchilari tarkibi so‘zlab beradi. Unda jahonning turli tadqiqot muassasalari, ishlab chiqarish birlashmalari, shuningdek, Germaniya, Finlandiya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston hamda MDHning boshqa davlatlari metallurgiya korxonalaridan 80 dan ortiq olim va ekspertlar ishtirok etishdi. Ularning orasida Rossiya fanlar akademiyasi, Qozog‘iston milliy fanlar akademiyasi, “MISiS” MTTU, “Stalproyekt”, “Metallurgiya va boyitish” institutlari, “Nord Engineering”, “Kanex Group”, “China ENFI Engineering Corporation”, “Norilskiy Nikel” KMK, “Sredaztsvetmetenergo” AJ kabi sohaning yetakchi kompaniyalari vakillari va boshqalar bor.

Anjuman mobaynida ekspertlar so‘nggi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekistonning metallurgiya sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakat korxonalarida zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ishlab chiqarish texnologiyalari hamda sohaning jahondagi yetakchi xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi faol va muvaffaqiyatli qo‘llanilayotganini yuqori baholashdi.

Ekspertlar tomonidan ham mamlakatimizda, ham xorijda metallarni qayta ishlashni takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqildi. Bu holda Olmalik KMKning mis eritish zavodini yanada rivojlantirishning kontseptual anglashuvi bo‘yicha diskursga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, kombinatning ishlab chiqarish sikliga Vanyukov jarayonini joriy etish etish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi tahlil qilindi. Uning sharofati bilan rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish samaradorligi oshgan, bo‘linmalarning bir maromdagi va barqaror faoliyati ta'minlangan, shuningdek mehnat sharoitlari va ekologik vaziyat yaxshilangan.

Olimlar va mutaxassislarning fikricha Vanyukov jarayonini joriy etish metallurgiya sohasi uchun hamon va hattoki uzoq muddatli istiqbolda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Yalpi yig‘ilishdan so‘ng xalqaro anjuman o‘z ishini “MISiS” MTTU Olmaliq filiali, shuningdek “Metallurg” madaniyat saroyiga tashrif buyurish bilan davom ettirdi.

Top