20:05 / 14.12.2018
16036

Tenge, Oqo‘rda, Ostona. Qozog‘istonda bolalarga qanday g‘aroyib ismlar qo‘yilgan? 

Qozog‘iston iqtisodiyot vazirligi statistika qo‘mitasi respublikada mustaqillikka erishilganidan buyon bolalarga qo‘yilgan g‘ayrioddiy ismlar haqida ma'lumot berdi.

2011 yil 1 dekabrda Almatida tug‘ilgan chaqaloqqa Tauilsizdik (Mustaqillik) deb ism qo‘yilgan.

Qolgan ismlar mamlakatda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar bilan bog‘liq. Aziada (2011 yil yanvar-fevral oylarida Qozog‘istonda VII qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tgan) ismi 57 bolaga qo‘yilgan, 70 o‘g‘il va 17 qizga Sammit, Sammita (Samit, Samita) ismlari qo‘yilgan.

Nurlijol (Nurli yo‘l, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi nomi) ismi bir bolaga, Nurotan (Vatan nuri, partiya nomi) ismi 10 bolaga qo‘yilgan.  

O‘n nafar qizning ismi Tenge (milliy valyuta). Oqo‘rda (Qozog‘iston prezidenti qarorgohi) degan ism uch bolaga berilgan. 2009 yil 30 avgustda tug‘ilgan chaqaloqqa Atazan (Konstitutsiya) ismi qo‘yilgan. O‘tgan yillar davomida 14 o‘g‘il va 3 qizga Ostona ismi qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, 27 yil davomida 37 276 nafar bolaga Nursulton ismi qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top