18:59 / 15.12.2018
4881

Britaniyaning Chester shahridagi yirik hayvonot bog‘i yong‘in ichida qoldi

Foto: Twitter @Andyl17

Britaniyaning Chester shahridagi hayvonot bog‘ida yong‘in yuz berdi, voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda. Bu haqda hayvonot bog‘i ma'muriyati xabar berdi. 

"Hayvonot bog‘ida bo‘lgan tomoshabinlar evakuatsiya qilindi", - deyiladi hayvonot bog‘ining Twitter akkauntidagi xabarda.

Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolavhalarda hayvonot bog‘i gumbazi alanga bilan qoplanganini va quyuq tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Jabrlangan odamlar va hayvonlar to‘g‘risida hozircha rasmiy xabar berilmagan.

Chester hayvonot bog‘i 1931 yilda ochilgan bo‘lib, Buyuk Britaniyadagi eng yirik hayvonot bog‘laridan biri hisoblanadi (maydoni 51 gektar).

Top