12:30 / 16.12.2018
9935

2018 yilda AQSh chegarasidan o‘tishga uringan 260dan ortiq muhojir halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

2018 yilda AQSh chegarasidan o‘tishga uringan 260dan ortiq muhojir halok bo‘ldi, deb xabar berdi ABC News. 

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 117 nafari Meksikadan, yana 116 kishining esa qaysi mamlakat fuqarosi bo‘lganligini noma'lum. Shuningdek, Gvatemaladan 19, Gondurasdan 14 va Salvadordan bo‘lgan 8 kishi halok bo‘lgan.

Ularning aksariyati suvsizlik va jazirama issiq oqibatida halok bo‘lishgan. Ellikka yaqin kishi esa Meksika va AQSh chegarasidagi daryodan o‘tmoqchi bo‘lgan chog‘ida cho‘kib ketgan.

Avvalroq AQShga o‘tish istagida bo‘lgan minglab muhojirlar karvoni yo‘lga chiqqani haqida xabar berilgan, AQSh prezidenti Donald Tramp ular orasida jinoyatchilar borligini aytgandi.

Top