07:40 / 16.12.2018
29879

Yilning eng yaxshi arxitekturaviy loyihasi ma'lum qilindi 

Budapeshtdagi etnografik muzey ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro mukofot International Property Awards talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi arxitekturaviy loyihasi deb topildi. 

Foto: Napur Architect

Ushbu muzeydan tashqari, mukofotga 115 davlatdan 1,7 mingdan ko‘proq loyiha da'vogarlik qilgan.

Foto: Napur Architect

Hakamlar hay'ati muzeyni loyihalagan venger arxitektura studiyasi ishini yuqori baholab, binoning shiddatli, ammo sodda dizayni hamda u joylashgan bog‘ bilan uyg‘unligini qayd qilib o‘tishgan. Binoning yana bir ustunligi uning 60 foizi yer ostida joylashgani bo‘lib, bu uni atrof-muhitga yanada moslashtirish imkonini beradi. 

Foto: Napur Architect

Ta'kidlanishicha, muzey qurilishi va u joylashgan bog‘ rekonstruksiyasi 2017 yilda boshlangan.

Foto: Napur Architect
Foto: Napur Architect

 

Top