14:01 / 18.12.2018
10909
Reklama

1UZ Umumbelgilangan soliqlar tizimida

So‘nggi yillarda mamlakatimizda soliq tizimini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar o‘z samarasini bermay qolmaydi, albatta.

Foto: 1UZ

Soliq tizimini isloh qilish jadal o‘zgarishlar tusini olibgina qolmay, har bir jabhaga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi desak adashmaymiz. Yangi tizimga o‘tish o‘z-o‘zidan yangi tartib va tajribalarni o‘zlashtirishni talab etadi. Ayniqsa, bunday zalvorli mas'uliyat tashkilot buxgalterlari zimmasiga tushishi, bu soha vakillarini yanada sergak, yanada e'tiborli bo‘lishga chorlaydi.

Ma'lumki,1UZ Buxgalteriya hisobi dasturlari shu kunga qadar minglab tashkilotlarning hisob tizimini olib borishda yengillik yaratib,  ish samaradorligini oshirishda birinchi ko‘makchi vazifasini bajarmoqda. Buxgalteriya hisobi, Ishlab chiqarish, Ulgurji savdo, Omborxona va Xodimlar bo‘limi kabi hisob tizimlarini mukammal ravishda olib borayotgan dasturlarimiz hech bir xorij dasturlaridan kam emas, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bizning kompaniya rivojiga poydevor bo‘layotgan jihatlardan biri bu- dasturlarning muntazam ravishda yangilanib borilishidir. Dastur yangilanishlari o‘z ichiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi barcha o‘zgarishlarni qamrab oladi. Bu esa biz o‘z faoliyatimiz izchilligi va mahsulotlarimizning daxlsizligini ta'minlab beramiz deganidir. Shu o‘rinda, Respublikamizdagi barcha qonunlar 1UZ mahsulotlarida o‘z aksini topgan deb,  ishonch va iftixor bilan aytishimiz mumkin.

Soliq tizimidagi  yuz berayotgan o‘zgarishlar bizning ham e'tiborimizdan chetda qolmadi, albatta. Kompaniya jamoasi 1UZ dasturlari sirasiga kiruvchi “Umumbelgilangan soliqlar” modulini 2019 yil yanvar oyi oxiriga qadar to‘liq ishlab chiqadilar. Ushbu modul o‘zida  umumbelgilangan soliqlar hisobi va hisobotlarini jamlaydi. Modul dasturda yangi  bir yorliq sifatida aks etadi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, mijozlar umumbelgilangan soliqlar tizimiga hech bir muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizning kompaniya o‘z mijozlarini bunday keskin o‘zgarishlar davrida qo‘llab-quvvatlash, og‘irlarini yengil qilish maqsadida bir necha imtiyozlarni ishlab chiqdi. Jumladan:

- 2018 yilda va undan avval 1UZ dasturlarini xarid etgan hamda yangilanishlarga obuna bo‘lgan barcha mijozlar;

- 2018 yilning oktabr oyidan dekabr oyi oxirigacha 1UZ dasturlarini xarid etgan barcha mijozlar.

Ushbu qo‘llovchilarga “BePro Norma” kompaniyasi “Umumbelgilangan soliqlar” modulini BePUL taqdim etadi. 2019 yildan e'tiboran esa modul o‘z qiymatiga ega bo‘lib, dasturlar narxidan alohida holda sotiladi.

Ta'kidlab o‘tishimiz joizki, barcha 1UZ  mahsulotlarining to‘laqonli DeMO versiyalarini bizning saytimizda yuklab olishingiz mumkin.

1UZ dasturlarida hisob olib borish nihoyatda qulay va jo‘n tarzda ishlab chiqilgan. Shuningdek, bizning shartlar ham qo‘llovchilar manfaatlari uchun oson shaklda taqdim etiladi. Eng asosiysi biz hisobingiz to‘g‘riligini va siz qonun doirasidan chiqmasligingizni ta'minlaymiz. Shu bois barcha tadbirkorlar va biznes vakillariga alohida ta'kidlaymiz “Shoshib qoling” Yangi yilgacha joriy etilgan imtiyozdan qolib ketmang.

Ma'lumot uchun telefon raqamlar:71-230-21-12;

Elektron manzil: info@1uz.uz

Telegram-bot: https://t.me/oneuzbot

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top