17:20 / 19.12.2018
69047

Dilshod Akromovning o‘limi bilan bog‘liq tergov ishlari davom etmoqda – Bosh prokuratura

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Dilshod Akromovning qotilligi yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev XPKda tashkil etilgan yangi formatdagi tadbirda Kun.uz muxbiri savoliga shunday javob berdi. 

«Tergov olib borishning o‘z me'yorlari bor. Men tergov jarayoni qaysi bosqichda ekaniga doir ma'lumotga ega emasman, biroq tergov ishlari borayotganidan xabarim bor. O‘ylaymanki, ish sudga oshirilganida, bu haqda barcha to‘liq ma'lumot taqdim etiladi», - dedi Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev
Foto: Xalqaro press-klub

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 4 avgust kuni IIV binosining D.Akromov xonasida uning jasadi aniqlangan edi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi O‘zR Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. Ayni vaqtda qasddan qotillikni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan. 

Top