Qozog‘istonga 40 darajalik sovuq havo sabab borish xavfli bo‘lishi mumkin. Bundan Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ogohlantirdi.
Diplomatlar qirg‘izistonliklarga Qozog‘iston hududi bo‘ylab avtomobil transportida yurmaslikni tavsiya qilishmoqda. Qozog‘istonning bir necha viloyatlarida 21-22 dekabr kunlariga bo‘ron bo‘lishi haqida ogohlantirish e'lon qilingan. Ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashicha, harorat 40 darajagacha sovib ketadi. Ostonada 22 dekabrga o‘tar kechasi 30-32 daraja sovuq tushishi kutilmoqda. Maktablarda mashg‘ulotlar qoldirilgan.