19:00 / 28.12.2018
28271

Abu-Dabida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik palov damlashdi

Kecha, 27 dekabr kuni Shayx Zayid nomidagi Abu-Dabi madaniy meroslar festivali doirasida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik palov damlashdi.

Palov Shayx Zayid tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tayyorlandi.

Markaziy maydonda bitta asosiy katta qozon va uning yonida 8 ta kichkina qozon o‘rnatildi hamda 1,5 tonnadan ortiq guruch damlandi.

Palovni tayyorlash davomida o‘zbekistonlik 30 nafar oshpaz ishtirok etdi. Shuningdek, palov tayyorlash va tarqatish jarayonida o‘zbek kuy-qo‘shiqlari ijro etilib, shou taqdim etildi.

Shayx Zayid nomidagi Abu-Dabi madaniy meroslar festivali 2 dekabr kuni boshlangan bo‘lib, 2019 yil 26 yanvargacha davom etadi.

 

Top