10:56 / 02.01.2019
6524

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari 2019 yilga hamkorlik rejalarini muhokama qildilar

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari 2018 yil yakunlarini sarhisob qilib, 2019 yilga qo‘shma rejalarni ko‘rib chiqishdi. Bu haqda Avesta xabar bermoqda.

2018 yil 27-28 dekabr kunlari Qirg‘izistonning Botken viloyati bo‘yicha chegara vakillari va Tojikistonning So‘g‘d viloyati bo‘yicha chegara vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davlat chegarasining tojik-qirg‘iz qismida xizmat olib borayotgan, ikki davlatning chegara postlari boshliqlari ham ishtirok etdi.

Ikki mamlakat chegarachilari 2018 yilda chegarani birgalikda qo‘riqlash yakunlari va 2019 yilga vazifalarni muhokama qildilar. Tomonlar davlat chegarasining tojik-qirg‘iz uchastkasida kutilmagan hodisalar soni qisqarganini qayd etdilar: 2018 yilda 7ta voqea sodir bo‘ldi, bu 2017 yilga nisbatan 3taga kam (2017 yilda - 10ta).

Chegara vakillarining ta'kidlashicha, chegara mahkamalari o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikning yangi darajasiga chiqdi, bunda chegarada yuzaga kelayotgan muammolar chegara postlari darajasida joylarda tezkorlik bilan hal etilyapti.

Top