15:14 / 06.01.2019
15223

«Mo‘ynoq 2019 xayriya jamg‘armasi»ga 6 milliard so‘mdan ortiq xayriya kelib tushdi

Orol dengizining qurigan hududlarida mahalliy iqlim sharoitlariga chidamli ko‘chatlarni ko‘paytirish, atrofni o‘rmonlashtirish vazifasi belgilab olingan. Xalqaro press-klubning Mo‘ynoqdagi sayyor-sessiyasi vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi Muso Yerniyazov Orol fojiasini yumshatish uchun Norvegiya, Qatar, Yaponiya, Arab davlatlaridan pul mablag‘lari kelib tushayotganini ta'kidladi. 

Shuningdek, sayyor press klub davomida «Mo‘ynoq 2019 xayriya jamg‘armasi» tashkil etilgani ma'lum qilinib, Sherzod Qudratxo‘jayev jamg‘arma hisobiga kelib tushgan mablag‘ miqdorini keltirib o‘tdi. 

Foto: Xalqaro press-klub

«Shu paytgacha, deyarli 6 milliard so‘m ziyod mablag‘ hisobga kelib tushdi», - deydi u. 

Bundan tashqari, xalq vakillari moddiy ko‘makdan tashqari, qurilish mollarini yetkazib berish, jismonan, ma'nan dalda bo‘lishga harakat qilayotgani alohida ta'kidlandi. 

Ma'lum qilinishicha, surxondaryolik geografiya fani o‘qituvchisi Orol fojiasi umummilliy muammo ekanligini anglagan holda, o‘rmonlashtirish ishida bevosita ishtirok etish taklifini bildirgan. 

Orol fojiasiga befarq bo‘lmagan barcha «Mo‘ynoq 2019 xayriya jamg‘armasi»ga xayriya mablag‘larini o‘tkazishi, shu bilan Mo‘ynoq aholisi, tuman ekologiyasini saqlab qolish uchun hissasini qo‘shishi mumkin. 

Agrobank ATB Mo‘ynoq bo‘linmasi

H\R: 2021 2000 2039 5851 9004

INN: 202669236

MFO: 00594

Top