20:30 / 06.01.2019
23881

Osiyo Kubogi: Hindiston yirik hisobda g‘alaba qozondi

2019 yilgi Osiyo Kubogida sensatsiyalar davom etadi.

A guruhi autsayderi sifatida qaralgan Hindiston terma jamoasi birinchi turda Tailandni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinning 27-daqiqasida Hindiston terma jamoasi yetakchisi Sunil Chhetri penaltidan hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay, 33-daqiqada tailandliklar sardori Terasil Dangda hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida Chhetri dublni rasmiylashtirdi, keyinroq Anirudh Thapa va Jyejye Lalpekhlua bittadan gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng hindistonliklar guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi turda durang o‘ynagan BAA va Bahrayn ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Osiyo Kubogi
A guruhi, 1-tur
6 yanvar
Tailand – Hindiston 1:4
Gollar: 
Terasil Dangda (33) – Sunil Chhetri (27, 46), Anirudh Thapa (68), Jyejye Lalpekhlua (80)
Tailand: Chatchay Butprom, Tiraton Bunmatan, Chalermpong Kerdkayu, Pansa Hemvibun, Tristan Do, Titifan Paungjan, Sanravat Dechmitr (Korrakot Viriyandumsiri, 58), Chanatin Songkrasin (Siroj Chatthong, 73), Adisak Kraysorn (Sumanya Purisai), Terasil Dangda (s), Supachay Chaydid.  
Hindiston: Gurprit Singh Sandhu, Subhasish Bose, Sandesh, Pritam Kotal, Anas Edathodika, Anirudh Thapa (Roulin Borges, 78), Muhammad Oshiq Kuriniyon (Jyejye Lalpekhlua, 78), Pronay Halder (Germansprit Singh, 87), Udanta Singh Kuman, Hali Charan Narzay, Sunil Chhetri (s).
Ogohlantirishlar: Sanravat Dechmitr (39), Pansa Hemvibun (79).

 

Top