09:41 / 07.01.2019
17081

«Real» yangi transferini e'lon qildi

Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Braim Dias faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy saytida xabar qilingan.

19 yoshli ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar» bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. 7 yanvar kuni Dias tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va keyin u «Santyago Bernabeu» stadionida «Real»ning yangi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.

Diasning «Manchester Siti» bilan shartnomasi yozda yakuniga yetar va u erkin agentga aylanishi mumkin edi. Ammo «Real» futbolchini yanvardayoq sotib olishni istadi. Transfer qiymati 15 mln yevroni tashkil etdi, ammo bu qiymat qo‘shimcha bonuslar evaziga yana 7,3 mln yevroga ortishi mumkin.

Dias «Malaga» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013 yilda u «Manchester Siti» akademiyasiga o‘tkazilgan, 2016 yilda inglizlar jamoasida debyut qilgan. Lekin u joriy mavsumda Angliya chempionatida birorta o‘yinda ishtirok etmadi.

Mavzuga oid
Top