08:34 / 08.01.2019
8472

Amazon yana dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi 

Foto: AP Photo/Mark Lennihan

AQShning Amazon kompaniyasi bozordagi kapitallashuv bo‘yicha Microsoft’ni yana ortda qoldirib, dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi.

Amazon kapitallashuvi aksiyalari narxi 3,4 foizga ko‘tarilgach, 797 mlrd dollarga yetdi. Microsoft’ning kapitallashuvi esa 789 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu borada 3-o‘rinni Alphabet xoldingi 745 mlrd dollarlik, 4-o‘rinni esa Apple 702 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan egallamoqda.   

Amazon bozor kapitallashuvi bo‘yicha Microsoft’dan ilk bor o‘tgan fevral oyida o‘zib ketgandi. U bunga ikkinchi marotaba dekabrda muvaffaq bo‘lgan. Amazon rahbari Jyeff Bezos esa dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda. Microsoft asoschisi Bill Geyts ushbu ro‘yxatda 2-o‘rinni egallamoqda.

Mavzuga oid
Top