20:32 / 08.01.2019
7068

JARda poyezdlar to‘qnashishi oqibatida 600 dan ko‘proq odam jarohat oldi

Foto: SS0 Public Domain

JARning ma'muriy poytaxti Pretoriyada ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 600 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda 8 yanvarda The Citizen nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, ikkita lokomotiv Pretoriya yaqinidagi Mountain View stansiyasida soat 10 lar atrofida to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv vaqtida poyezdlarda 800 ga yaqin odam bo‘lgan. Poyezdlardan biri to‘qnashuv oqibatida izlardan chiqib ketgan. 

Falokatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda. Ma'lum qilinishicha, poyezdlardan biri stansiya platformasida turganda ikkinchisi unga kelib urilgan. Ikkala poyezd ham Mabopane stansiyasidan Pretoriyaga yo‘l olayotgan bo‘lgan.

Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top