15:10 / 08.01.2019
10928

Namanganda 2 yashar qiz gugurt o‘ynab, bolalar manejini yoqib yubordi

2019 yil 7 yanvar kuni Namangan shahar “Quyi Rovuston” MFYda yashovchi 25 yoshli N.F. (ayol)ning uyida 2 yashar qizi M.A. bolalar maneji ichida nazoratsiz qolib, gugurt o‘ynashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada alanga xonadagi pardaga o‘tib, yonayotgan parda bolaning ustiga tushgan vaqtida N.F. tomonidan o‘chirilgan. 

Oqibatda ona va bola kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top