10:09 / 10.01.2019
7380

Angliya Ligasi Kubogi. «Manchester Siti» yarim finalda 9ta gol urdi

Foto: Gareth Copley/Getty Images

«Manchester Siti» Angliya Ligasi Kubogining yarimfinalida «Byorton Albion»ni qabul qildi va 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlarning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jyezus o‘yinda poker qayd etdi, qolgan gollar Aleksandr Zinchenko, Kevin De Bryoyne, Filip Foden, Kayl Uolker va Riyoz Mahrez hisobiga yozildi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 23 yanvar kuni Byorton-apon-Trenteda bo‘lib o‘tadi.

Liga Kubogining ikkinchi yarim final juftligida birinchi uchrashuvda «Tottenhem Hotspur» «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Bu jamoalarning javob uchrashuvi 24 yanvarga belgilangan.

Angliya Ligasi Kubogi
Yarimfinal
Birinchi o‘yin
Manchester Siti – Berton 9:0 (4:0, 5:0)
Gollar
: 1:0 – 5 de Bryuyne, 2:0 – 30 Gabriel Jyezus, 3:0 – 34 Gabriel Jyezus, 4:0 – 37 Zinchenko, 5:0 – 57 Gabriel Jyezus, 6:0 – 62 Foden, 7:0 – 65 Gabriel Jyezus, 8:0 – 70 Uoker, 9:0 – 83 Mahrez.
Manchester Siti – Murich, Erik Garsiya, Otamendi, Uoker (Danilo, 74), Zinchenko, Silva, Gundo‘g‘an, Mahrez, de Bryuyne (Foden, 58), Sane (Bernardu Silva, 66), Gabriel Jyezus.
Byorton – Kollinz, Xatchinson, Terner, Bakston, Uolles, Allen (Foks, 68), Mayyers-Xarness, Eykins, Freyzer (Sbarra, 79), Breyford, Boys (Templton, 68).

Mavzuga oid
Top