09:04 / 11.01.2019
7533

OAV: Oq uy AQShda favqulodda holat rejimini joriy etishga tayyorlanmoqda

Foto: EPA-EFE / ERIK S. LESSER

Oq uy AQShda favqulodda holat rejimini joriy etishga imkon beradigan shart-sharoitlar yaratishga kirishdi, deya xabar qilmoqda The Washington Post o‘z manbalariga tayangan holda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati hozirgi paytda AQSh muhandislik qo‘shinlarining budjetidan foydalanilmagan mablag‘larni qidirmoqda. Agar favqulodda holat rejimi joriy etiladigan bo‘lsa, unda bu pullar AQSh va Meksika chegarasida to‘siq qurishni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning millatga murojaati muvaffaqiyatsizlikka uchragani aytilgandi.

Top