08:40 / 11.01.2019
14189

Ukraina Rossiya bilan 40ta kelishuvni bekor qilishga tayyorlanmoqda

Foto: AFP

Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlar bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Yuriy Grimchak ma'lum qilishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan tuzilgan 40ta kelishuvni bekor qilish niyatida. Bu haqda u «Pryamoy» telekanali efirida aytib o‘tdi.

Grimchakning eslatishicha, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi do‘stlik to‘g‘risida bitim bekor qilinganidan so‘ng, bu kelishuvlardan voz kechishni va'da qilgan.

«Hozirda Rossiya bilan o‘z vaqtida imzolangan 40ga yaqin kelishuvlarni bekor qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilmoqda», - dedi Grimchak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, turli darajalarda imzolangani sababli uzaytirilmaydigan hujjatlarning aniq sonini hisoblab chiqish qiyin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Azov dengizini «kosmosdan qayd qilish» yordamida kesib o‘tishni taklif qilgandi.

Top