14:32 / 14.01.2019
26629

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Tatyana Karimova bilan uchrashdi

Foto: AKIpress

Joriy yilning 11 yanvar kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurdi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, delegatsiya O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova bilan uchrashgan. U delegatsiyaga Islom Karimovning 80 yilligi va Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma haqida batafsil ma'lumot bergan.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov O‘zbekiston birinchi prezidenti muzeyining mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top