12:01 / 15.01.2019
12650
Reklama

LG XBOOM - CES 2019 ko‘rgazmasidagi eng kuchli akustik tizim

Foto: LG

LG Electronics (LG) kompaniyasi CES 2019 ko‘rgazmasida LG XBOOM akustik tizimlarning kengaytirilgan qatorini taqdim etmoqda. Innovatsion qurilmalar mukammal tovush, ajoyib xususiyatlar va foydalanishda juda oson ekanligi bilan ajralib turadi.

LG XBOOM brendi kuchli va yuqori sifatli tovushning sinonimiga aylandi hamda LG kompaniyasiga minitizimlar va audiotizimlar bozorida dominant mavqeni egallashda yordam berdi. LG XBOOM’ning eng so‘nggi modellari o‘ziga xos uslub, tovush sifati va boshqarishda qulayligi bilan o‘ziga xosdir. LG XBOOM qatorida minitizimlar, «hammasi birda» tizimlari, XBOOM Go portativ Bluetooth-kolonkalari hamda XBOOM AI ThinQ aqlli akustik tizimlari bor.

LG XBOOM brendining muvaffaqiyati LG'ning eng yuqori sifatli tovushga erishish bo‘yicha doimiy istagiga asoslanadi, u musiqa tinglashdan maksimal zavq olish imkonini beradi. 3500 Vt quvvatga ega LG XBOOM (CL98 modeli) yangi minitizimi yuqori chastotalarda aniq va batafsil tovushni ta'minlovchi kompression rupordan foydalanadi.

2000 Vt quvvatga ega LG XBOOM OL100 Hi-end modeli Blast Horn maxsus texnologiyasidan foydalanadi. Unda drayver ortida to‘lqin uzatkich bo‘lib, u kuchaytiruv kanal orqali havo yuborib, akustik bosim yaratadi. Bu yuqori chastotalar va baslar chiqishini yaxshilashga qaratilgan - bunday eshitishingiz, balki his qilishingiz mumkin. Shuningdek, Meridian Audio taniqli kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Meridian rejimi taklif etiladi.

LG XBOOM’da amalga oshirilgan yana bir ishlanma Bluetooth orqali yo‘qotishlarsiz yuqori kenglikda audiosignal yuborish bo‘yicha oqimli o‘tkazishga aptX™ HD kodeki qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlaydi.
 
XBOOM seriyasi turli shakl-omillarga ega bo‘lgan ko‘plab qurilmalarni qamrab olib, foydalanuvchilarga ular ehtiyojiga mos keladigan istalgan ovozli yechimni tanlash imkonini beradi. OL100’ning «hammasi birda» top modeli maksimal mobillik uchun dastak va roliklar bilan jihozlangan. XBOOM RK7 va RL4 akustik tizimlarini vertikal yoki gorizontal ravishda o‘rnatish mumkin.

Foydalanuvchilar o‘zlarining ichki dijyeylarini tanlab, ommabop trekka qo‘shishlari mumkin, bunga bazmlar uchun ko‘plab ajoyib funksiyalar to‘plami yordam beradi. DJ Star funksiyasi tovushni sekin chiqarish va olish, bir qo‘shiqni boshqasiga almashtirish, treklarni tayyor holda saqlash, tovushga skretch-effektlar berish imkonini yaratadi. Cross Fader xususiyati ikki xil manbadan tovushni sekin mikshirlash uchun ishlatiladi.

2019 yilgi LG XBOOM akustik tizimlarida barcha oila uchun ajoyib vaqt o‘tkazishni ta'minlaydigan Karaoke Star funksiyasi taqdim etilgan. Karaoke Star vokalni deyarli istalgan trekdan yopish imkonini berib, foydalanuvchilarga o‘z musiqiy istaklarini amalga oshirishga yo‘l ochadi. 18ta vokal effekti yangi Multi-Color Lighting funksiyasi bilan ideal uyg‘unlashadi - ritmni belgilash va muhit yaratish uchun treklar bilan sinxronlash imkoniga ega ko‘p rangli yoritish effektlari to‘plami.

Reklama huquqi asosida

Top