09:04 / 17.01.2019
7463

Bloomberg Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishini ma'lum qildi

Foto: Saul Loeb/AFP/Getty Images

AQSh kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Maykl Makkol so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vetnamda ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Makkolning aytishicha, u bu masala bo‘yicha Janubiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi elchilar bilan uchrashgan.

«Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi katta ehtimol bilan Xanoyda bo‘lib o‘tadi», - dedi Makkol.

AQSh va KXDR birinchi sammiti 2018 yil 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng, mamlakatlar yetakchilari qo‘shma bayonotni imzolashdi, unda Shimoliy Koreya yadrosizlanishga tayyor ekani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampga maktub yuborgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top