09:57 / 17.01.2019
14001

O‘zbekiston prezidenti «Bir makon, bir yo‘l» forumida ishtirok etishga taklif qilindi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.

Foto: TIV axborot xizmati

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida 2019 yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Elchi joriy yil aprel oyida Pekin shahrida o‘tkaziladigan «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston prezidenti nomiga yo‘llangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvini o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Xitoy elchisi bilan muzokaralar o‘tkazgandi

Top