16:09 / 17.01.2019
22395

O‘zbekiston va Turkmaniston chegara masalasida yana muzokaralar o‘tkazdi

Foto: AFP

2019 yilning 11-17 yanvar kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Turkmaniston Davlat chegarasi demarkatsion loyiha chizig‘ining o‘tishi bo‘yicha tomonlarning takliflari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston – Turkmaniston Davlat chegarasida Bajariladigan demarkatsion ishlar taqsimoti jadvali ko‘rib chiqildi va kelishildi.

Uchrashuv an'anaviy do‘stlik va hamfikrlik muhitida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top