22:25 / 18.01.2019
13691

2019-2020 yillarda Surxondaryo viloyatida 873 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan 

18 yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimligida 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, vazirlik va idoralar, tijorat banklari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar va xorijlik investorlar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Ma'lum qilinishicha, 2019-2020 yillarda viloyatda 1 milliard 44 million dollarlik 873 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, bu 2018 yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir. Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 15 ming 372 ta ish o‘rni paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Taqdimot davomida tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqotlar qilinib, loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2018 yillarda viloyatga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish natijalari va joriy yilda aholi turmush darajasini oshirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalarning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Top