18:23 / 19.01.2019
5892

Bloomberg AQSh Xitoy kompaniyalariga nisbatan cheklovlar tayyorlayotganini ma'lum qildi

Foto: REUTERS/Hyungwon Kang

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati AQShdagi Xitoyga qarashli davlat telekommunikatsiya kompaniyalari ishini sezilarli darajada qiyinlashtiruvchi farmonni tayyorladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Agentlik manbalarining aytishlaricha, cheklovlar milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Farmon AQShga raqobatchi davlatlar, jumladan Xitoy firmalariga taalluqli ekanligi aytilmoqda. Xabarda ushbu farmon qachon imzolanishi ma'lum qilinmagan.

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, zarba ostiga birinchi navbatda Huawei va ZTE kompaniyalari tushadi. Amerikalik aksariyat amaldorlarning fikricha, Pekin ushbu kompaniyalar mahsulotlaridan josuslik maqsadlarida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, Huawei va ZTE Eronga nisbatan AQSh sanksiyalarini aylanib o‘tish ishi doirasidagi tergov nishoniga tushgan.

Mavzuga oid
Top